AQShning Gavayi orollaridagi Bishop Museum olimlari Tinch okeanida yaqinda aniqlangan yangi baliq turini AQSh prezidenti Barak Obama nomi bilan atamoqchi, deb yozadi National Geographic.
Yangi tur orollarning shimoli qismidagi Kure atolli (koral riflaridan biri)dan topildi. U Tosanoidlarning ushbu hududdagi kenja oilasining yagona vakillari hisoblangan tillarang-to‘q sariq tusdagi baliqlarni o‘z ichiga oladi. Bungacha Tosanoidlar faqat Yaponiya hududiy suvlarida yashaydi, deb hisoblanilardi. Bundan tashqari, yangi tur Tinch okeanidagi Papaxanaumokuakea dengiz qo‘riqxonasi suvlaridagina yashaydi.
Tadqiqotchilar Obama qo‘riqxonani kengaytirgani uchun minnatdorlik sifatida yangi turga uning nomini berishga qaror qildi. Shuningdek, ular yangi turning o‘ziga xosligi prezident tarjimai holiga o‘xshash ekanligini qayd etdi (Obama Gavayi shtatida tug‘ilgan).
Izoh (0)