Air France aviakompaniyasining Mali poytaxti Bamakodan Parijga uchishi lozim bo‘lgan reysi kemiruvchi tufayli 48 soatga kechiktirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uchuvchilar kabinasiga qaysidir yo‘llar bilan sichqon kirib olishga muvaffaq bo‘lgan. U qo‘lga olingan payt reys bekor qilindi, chunki sichqonni tutish uchun ko‘p vaqt ketdi va ekipaj dam olishi kerak edi.
Xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, uchuvchilar belgilangan limitdan oshiq ishlashi mumkin emas. Shuningdek, samolyotlar bortda kemiruvchilar bilan uchishi ham yo‘l qo‘yilmaydi, chunki ular elektr va boshqa simlarga zarar yetkazishi mumkin.
Reys yo‘lovchilari mahalliy mehmonxonalarga joylashtirildi, ularga kechikish uchun tovon to‘lanadi.
Izoh (0)