Qirg‘izistonda Moskvadagi yong‘inda 14, Bishkek—O‘sh yo‘lidagi avtohalokatda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani munosabati bilan 29-avgust, dushanba motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RBK”.
Prezident Almazbek Atambayev halok bo‘lganlarning oilasiga hamdardlik izhor etdi va bu butun Qirg‘iziston xalqi uchun og‘ir yo‘qotish ekanligini bildirdi.
Davlat rahbari farmoniga ko‘ra, 29-avgust kuni respublika hududida davlat bayroqlari tushiriladi; madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarga ko‘ngilochar dasturlar hamda tadbirlarni bekor etish tavsiya etildi. Respublika hukumati va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralariga qurbonlar hamda jabrlanganlar oilasiga yordam berish topshirildi.
Izoh (0)