Shu yil iyul oyida Yupiter orbitasiga chiqqan Juno koinot qurilmasi sayyorani maksimal yaqin masofada aylanib o‘tdi. Zond Yupiter atmosferasi yuqori qatlamidan 4,2 ming kilometr masofada harakatlandi. Bu haqda NASA agentligining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RBK”.
OAVga ko‘ra, biror koinot qurilmasi missiyasining asosiy bosqichida sayyoraga bunchalik yaqin kelmagan. Juno tomonidan uzatiladigan birinchi tasvirlar yaqin orada chop etishi kutilmoqda. Ularda Yupiter atmosferasi yuqori tiniqlikda aks ettiriladi. Shuningdek, suratlarda sayyoraning shimoliy va janubiy qutblari ham ilk bor ko‘rinishi bildirilmoqda.
Izoh (0)