Amerikalik ekspertlar Qrimda rossiyalik harbiylarning oxirgi harakatlanishini payqadi. Bu haqda ma’lum qilgan Pentagon amaldoriga ko‘ra, vazirlikka bu ichki rotatsiya yoki shaxsiy tarkibning ko‘paytirilishi ekanligi aniq emas, deya xabar beradi “RBK”.
Amaldorning ta’kidlashicha, “og‘ir janglar boshlangan taqdirda harbiy harakatlar manzili Qrimda emas, Donbassda bo‘lishi ehtimolga yaqinroq”.
Ukraina chegara xizmati vakili Oleg Slobodyan Qrimdagi Rossiya chegarachilarida yangi texnika paydo bo‘lganini bildirdi. Slobodyanga ko‘ra, chegaradagi Rossiya qo‘shinlari rotatsiya qilinib, zamonaviyroq qurol-yarog‘ga ega boshqa bo‘linmalar bilan almashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Bosh shtabi vakili Vladislav Seleznyov rossiyalik harbiylar chegaraga “Grad” BM-21 reaktiv tizimini olib kelganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)