Neft narxi 12-avgust, juma kuni oshishda davom etmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Brent markasidagi neftning oktabr fyucherslari Londonning ICE birjasida Toshkent vaqti bilan 10:30 da 0,8 foizga — barreliga 46,40 dollargacha ko‘tarildi. WTI neftining sentabr fyucherslari Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolar chog‘ida bu vaqtga kelib, 1,08 foizga qimmatlashib, bir barrel uchun 43,96 dollarga yetdi.
Investorlarning kayfiyatiga Saudiya Arabistoni neft vazirining gaplari ta’sir qildi, deb yozadi nashr. Ular neft ishlab chiqaruvchi yirik mamlakatlar OPEKning kelasi oyda bo‘lib o‘tadigan majlisida global bozorni barqarorlashtirish choralarini qabul qilishiga umidni kuchaytirdi.
Avvalroq Brent nefti, Xalqaro energetika agentligi (XEA)ning 2017-yilda neftga bo‘lgan xalqaro talab o‘sishi bo‘yicha prognozi pasayganiga qaramay, qimmatlashgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)