Turkiyaning Bangladeshdagi elchixonasi xodimi harbiy to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda gumon qilingani uchun Rossiyaga qochib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Daily Star manbalariga ko‘ra, diplomat Anqara chaqirtirib olgan elchixonaning uch xodimidan biri bo‘lgan. Qolgan ikki xodim, jumladan, ishonchli vakil Ahmad Gurbuz AQShda yashiringan. Rossiyaga qochgan diplomat o‘zi bilan oilasini ham olib ketgani aytilmoqda.
Bangladesh TIVdagi manbalar Anqara mazkur uch nafar xodimning diplomatik pasportlarini bekor qilganini bildirdi.
Izoh (0)