Sochidan Ufaga uchib kelgan yo‘lovchi Yak-42 samolyoti qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish hududidan 400 metr nariga chiqib ketdi va chap qanotga yonboshlab qoldi. Bu haqda Ufa aeroporti matbuot xizmatiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Samolyot bortida 118 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani, ularning barchasi evakuatsiya qilingani bildirilmoqda. Ulardan hech kim jabrlanmagan.
Havo kemasi Krasnoyarskning “KrasAvia” aviakompaniyasiga qarashli bo‘lib, hozirda turargohga keltirilgan. Aeroport qo‘nish uchun yopilgan, parvozlar esa belgilangan tartibda bajarilmoqda.
Izoh (0)