Ukraina Bosh shtabi vakili Vladislav Seleznyov Rossiya qurolli kuchlari Qrimda Ukraina bilan chegaralarni “namoyishkorona” tarzda mustahkamlayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 11-avgust kuni chegaralar kesishmasining har ikkala yo‘nalishida ham Rossiya tomonida yuzga yaqin harbiy xizmatchilar paydo bo‘lib, “chegaralarda muhandislik ishlarini” olib bora boshladi. “Ular okoplar, xandaqlar qazimoqda”, — dedi Seleznyov.
U rossiyalik harbiylar chegaraga “Grad” BM-21 baravariga o‘q otish reaktiv tizimini ham olib kelganini aytdi.
Bosh shtab vakili ukrainalik harbiylar prezident Pyotr Poroshenko tomonidan berilgan topshiriqqa binoan harakat qilayotganini va vaziyat har qanday variantda tus olishiga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. U Ukraina armiyasi aynan qanday xatti-harakatlarni amalga oshirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)