AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonning atrofidagilar u va prezident Obama IShID paydo bo‘lishi uchun javobgar ekanliklari haqidagi Trampning da’vosini rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Klintonning xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Trampning xulosasini “bo‘hton ayblov” va milliarder tomonidan “Qo‘shma Shtatlarga loy chaplanishining navbatdagi ko‘rinishi” deb atadi.
“Qizig‘i shundaki, Tramning sharhlari yana Rossiya prezidenti Putin va raqiblarimizning asosiy fikrlarini takrorlaydi. Amerika yetakchilari va AQSh manfaatlariga xuruj qiladi, shu bilan birga, terrorizmga qarshi kurash yoki mamlakat xavfsizligini mustahkamlash uchun hech qanday jiddiy reja taklif etmaydi”, — deya ta’kidlagan Sallivan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)