Shvetsiyaning Xernesand shahrilik Daniel Yoxannsson Norvegiyaning Lofonten orollariga baliq ovlagani bordi va og‘irligi 209 kilogramm, uzunligi esa 246 santimetr bo‘lgan bahaybat qalqonbaliq tutib oldi. U bu borada jahon rekordi o‘rnatgani taxmin qilinmoqda, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Yoxannssonning aytishicha, baliqni chiqarib olishda jamoadagi do‘stlari yordam bergan. Paltusni ushlashga 40 daqiqa atrofida vaqt ketgan, u mustahkam arqon yordamida tortib olingan.
Bahaybat baliq o‘lchangan, suratga tushirilgan va Norvegiya dengiz tadqiqotlari instituti tomonidan raqamlanib, keyinchalik qo‘yib yuborilgan.
Izoh (0)