Armaniston politsiyasi o‘z xodimlarining Yerevanda 29—30-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar chog‘idagi xatti-harakatlarini tekshirishni boshladi, deb yozadi “TASS” politsiya axborot xizmatiga tayanib.
“Tekshiruv politsiya xodimlari tomonidan nomutanosib kuch qo‘llanilishi holatlariga ham, OAV vakillariga nisbatan zo‘ravonlik qilinishi va ularning mol-mulkiga zarar yetkazilishi holatlariga ham tegishli”, — deya ta’kidladi muassasadagilar.
Hodisada qatnashib, to‘qnashuvlarni hamda miting ishtirokchilari, jurnalistlar va politsiyachilarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishini keltirib chiqargan fuqarolar shaxsini aniqlash buyurildi.
Izoh (0)