Britaniyalik tadqiqotchilar odamlarga ko‘proq tashlanadigan itlar zotini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda jonivorlar hujumidan so‘ng yetkazilgan zararni qoplash haqidagi da’volar asosan labradorlar tufayli berilar ekan. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Tadqiqotni jonivorlarni sug‘urtalash bilan shug‘ullanadigan Animal Friends, kompaniyasi ekspertlari o‘tkazdi. Bolalarning eng yaxshi do‘sti sanaladigan labradorlar pochtachilarning ashaddiy dushmani bo‘lib chiqdi: ular bilan bog‘liq hodisalarning deyarli uchdan birida kuryerlar va pochta xodimlari ishtirok etgan. Qirollik pochta xizmati o‘tgan yilning o‘zida xodimlariga nisbatan 2,6 ming hujum holatini qayd etdi.
Labradorlardan tashqari odamlarga ko‘proq nemis ovcharkalari, staffordshir bulteryerlari va border-kollilar tashlanishi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)