Hindiston shimolidagi Uttarakxand va Arunachal-Pradesh shtatlarida kuchli jala natijasida yuzaga kelgan bir nechta ko‘chki oqibatida 50 kishi qurbon bo‘ldi, yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda. Bu haqda Hindiston tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Tabiiy ofatdan Uttarakxandga ko‘proq zarar yetdi, u yerda oxirgi uch kun davomida qurbon bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi, yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda. Shu paytga qadar qutqaruvchilar tosh va loy ostida qolgan 60 dan ortiq uyda ko‘milib qolgan odamlarni topishga muvaffaq bo‘lmadi.
Qo‘shni Arunachal-Pradeshda 30 dan ortiq odam ko‘chkilar ostida qoldi, ulardan o‘n nafarini qutqarishning iloji bo‘lmadi. Davom etayotgan kuchli yomg‘irlar qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.
Izoh (0)