Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi Amerika konsulxonasi binosiga xudkush terrorchi hujum qilishga urindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 4-iyul, dushanba kuni erta tongda sodir bo‘ldi. Hujum natijasida ikki politsiyachi yaralandi, terrorchining o‘zi o‘ldirildi.
Saudiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchi avtomobilda AQSh konsulxonasi binosi yonidagi masjidga ketayotgan bo‘lgan.
Diplomatik vakolatxona xodimlarining ko‘pchiligi boshqa joyga ko‘chirildi. Terakt 4-iyul kuni nishonlanadigan AQSh Mustaqillik kuniga “bag‘ishlangani” taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)