1-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkent metropolitenidagi harakatlanuvchi tarkiblardagi vagonlar soni kamaytirildi. Toshkent metropolitenidagi harakatlanuvchi tarkiblardagi vagonlar soni sinov tartibida qisqartirilgan.
2. Ultramarafonchi Din Karnasis Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab yugurishni Toshkent shahridan boshladi. Marafonning ochilish marosimida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen so‘zga chiqib, ushbu marafon O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlanganini ta’kidladi.
3. Belarusda denominatsiya bo‘lib o‘tdi va tangalar paydo bo‘ldi. 2016-yilning oxiriga qadar eski banknotalar yangilari bilan birga muomalada qoladi.
4. Tojikiston hukumati mansabdorlarga nochorlarga sadaqa berish majburiyatini yukladi. To‘lov jarayonini din ishlari bo‘yicha qo‘mita nazorat qiladi.
5. Eski qurilmani iPhone 7’ga aylantirishning antiqa yo‘li topildi. Apple mahsuloti ishqibozlaridan biri yangi qurilma taqdimotini kutib o‘tirmaslikka qaror qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)