Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik biznesni moliyalashtirish uchun 100 million dollar ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Kichik biznesga kreditlar Davr Bank, Hamkorbank, “Ipak yo‘li” banki va Uzbek Leasing International lizing kompaniyasi orqali taqdim etiladi.
OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo moliyaviy sektori mutaxassisi Aliya Muxamedyarovaga ko‘ra, zayom kichik biznes subyektlariga aylanma kapital va asosiy vositalarga investitsiyalar uchun kreditlar taqdim etish imkonini beradi. Subzayomning maksimal miqdori 300 ming dollardan iborat va u bozor stavkalari asosida beriladi.
Kreditlarning kamida 60 foizi poytaxtdan tashqaridagi, 20 foizi esa egasi ayollar bo‘lgan kichik biznesga beriladi. Loyihaning amalga oshirilish muddati 5 yil bo‘lib, 2021-yil dekabrida yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)