Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida milliy va zamonaviy me’morlik uslublari asosida Xotira maydoni barpo etildi. O‘zA mazkur maydon suratlarini e’lon qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 30-iyun kuni Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Termiz shahridagi Xotira maydoni bilan tanishdi.
Bundan tashqari, Surxondaryoga tashrifi davomida O‘zbekiston Prezidenti Termizda bunyod etilayotgan muhtasham san’at saroyida qurilish ishlarini olib borish yuzasidan tavsiyalar berdi, Termiz tumanidagi “Yangiariq paxtakori” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, viloyat faollari va fermerlari bilan suhbatlashdi, Hakim at-Termiziy majmuasini ham ziyorat qilib, majmuani ta’mirlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)