Turkiya hukumati Otaturk nomli Istanbul xalqaro aeroportida sodir etilgan va 40 dan ortiq insonning hayotini olib ketgan terakt munosabati bilan mamlakatda umummilliy motam e’lon qildi. Bu haqda, NTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
29-iyun, chorshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab bayroqlar tushirilib qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda sodir etilgan terakt oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 43 nafarga yetgani hamda ular orasida O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida xabar berilgandi. Jarohatlanganlar soni 147 kishini tashkil qilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov teraktlar munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)