Xitoyning “Shitszyan-16” turkumidagi ikkinchi tadqiqot sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli ravishda koinotga uchirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligiga ko‘ra, qurilma Gobi cho‘lidagi Szyutsyuan kosmodromidan (Gansu provinsiyasi) “Chanchjen-4-Bi” tashuvchi raketasi yordamida uchirilgan. U koinot muhitini o‘rganish, shuningdek, qator texnik sinovlarda foydalaniladi.
Mazkur turkumdagi birinchi sun’iy yo‘ldosh 2013-yil oktabrida ishga tushirilgandi.
Izoh (0)