Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes kelajagi borasida qaror qabul qilgan. ESPN nashrining xabar berishicha, agar braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etsa, u Angliya Premer Ligasining “Liverpul” klubiga o‘tadi. Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati Rodrigo uchun 100 million yevro so‘ramoqda. Biroq hozircha mersisaydliklar ushbu summani to‘lashga tayyor emas. ESPN nashrining qo‘shimcha qilishicha, “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini jamoada olib qolmoqchi. U kamida yana bir mavsum Rodrigoni tarkibda saqlab qolishni istamoqda, chunki hujumchi avvalgi mavsumlarda o‘z salohiyatini namoyish etgan. Biroq so‘nggi oylarda braziliyalik futbolchi o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmayapti va ko‘proq zaxirada qolmoqda. Aynan shu omil uning jamoadan ketish ehtimolini oshirmoqda. Avvalroq Rodrigo bilan “Manchester Siti” ham jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” unga 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq hozircha “Siti” rahbariyati “Real” bilan rasmiy muzokara o‘tkazmagan.
×![Lightbox Image]()
Izoh (0)