Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakat xalqaro nufuzi va hurmat-e’tibori, shuningdek, dunyo sahnasida faol rol o‘ynayotgani e’tirofidir. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashiga saylanishi respublikaning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi boshlanishi bilan to‘g‘ri kelganida chuqur ramziy ma’no bor. Bu ShHTga, Rossiya va Xitoy kengashning doimiy a’zolari ekanliklarini inobatga olganda, BMT bilan dolzarb mintaqaviy muammolarni hal etishda yanada samarali hamkorlik o‘rnatish imkoniyatini beradi”, — ta’kidladi Alimov.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyun, seshanba kuni Qozog‘iston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi maqomini oldi. Mamlakat 2017-yil 1-yanvarda kengashda Malayziyaning o‘rnini egallaydi.
Izoh (0)