21-aprel kuni 90 yoshga to‘lgan Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning “rasmiy tug‘ilgan kuni”ga bag‘ishlangan uch kunlik tantanalar dasturi Birlashgan Qirollik tarixidagi eng yirik bayram dasturxoni bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Bayram dasturxoni Londondagi asosiy tantanalar ko‘chasi — Mellda 10 ming kishi uchun bezatildi. Mell ulkan piknik zonasiga aylantirildi. Ziyofat stoli qariyb bir kilometrga cho‘zildi.
Ochiq osmon ostida qirollik tushligini o‘tkazishga Buyuk Britaniya uchun xos bo‘lgan mayda yomg‘ir ham xalal bermadi. Ob-havo injiqliklariga bas kelish uchun piknik tashkilotchilari mehmonlar uchun 12 mingdan ziyod soyabon buyurtma qildi.
Izoh (0)