Suriya poytaxtining Sayyida Zaynab tumanida 11-iyun, shanba kuni ketma-ket ikki terakt sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oldiniga tumanning asosiy ko‘chasida minalashtirilgan avtomobil portladi. Shundan so‘ng yana bir portlash ro‘y berdi, unga nima sabab bo‘lgani hozircha bildirilmagan. Televideniye jabrlanganlar haqida xabar bergan, biroq ularning soni keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, Damashqning mazkur tumanida shialar ehtirom bilan munosabatda bo‘ladigan Sayyida Zaynab masjidi joylashgan.
Izoh (0)