Paragvay poytaxti Asunsyondagi qamoqxonada yuz bergan yong‘in oqibatida besh nafar mahbus va bir nafar qo‘riqchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ultima Hora nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in muassasa yerto‘lasidan chiqqan. Alangalanish sabablari aniqlanmoqda. Mahbuslar qamoqxonaning olov o‘tmagan qismlariga ko‘chirilgan.
Huquq himoyachilari va jazoni o‘tash muassasalari xodimlari kasaba uyushmalari vakillari rasmiylarga Paragvay qamoqxonalaridagi yomon sharoitlar haqida ko‘p marotaba shikoyat qilgan. Ularning bildirishicha, mahbuslarning 80 foiziga yakuniy hukm chiqarilmagan, shu bois qamoqxonalar bandilar bilan to‘lib-toshgan.
Izoh (0)