Pensilvaniya shtatidan uchgan quyosh batareyalarida ishlaydigan Solar Impulse 2 samolyoti 11-iyun, shanba kuni Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomli aeroportga qo‘ndi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qo‘nish oldidan samolyot Ozodlik haykali atrofida aylandi. Havo kemasini Andre Borshberg boshqarib bordi.
Tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, Nyu-York havo kemasi AQShni kesib o‘tgandan keyingi oxirgi manzil. Endi yana bir uchuvchi Bertran Pikar samolyotda Atlantika okeani osha parvoz qiladi.
Izoh (0)