USM Holdings asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonov Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi Rossiya va G‘arb o‘rtasida iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilishini boshlab berishi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda u jurnalist Sergey Brilyovning forumga bag‘ishlangan va parchasi “Rossiya 1” telekanalining “Vesti v subbotu” ko‘rsatuvida namoyish etilgan filmida bildirib o‘tdi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Bu yil G‘arb global iqtisodda Rossiya segmentini ham inobatga olish, u bilan aloqalar o‘rnatish kerakligini tushunib yetayotganligi ko‘rinib turibdi. Hatto bizga qarshi sanksiyalar joriy etganlar ham Yevropa komissiyasi raisi boshchiligida munosabatlarga oydinlik kiritish uchun o‘zlari kelyapti. Bu muloqot tiklanishi mumkinligiga umid beruvchi ajoyib omil”, — deya ta’kidlagan Usmonov.
16—18-iyun kunlari Sankt-Peterburgdagi Shushari posyolkasida bo‘lib o‘tadigan forumda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, Italiya bosh vaziri Matteo Rensi va boshqa yuqori martabali arboblar, yirik biznesmenlar ishtiroki kutilmoqda.
Izoh (0)