Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimidagi faoliyatidan rossiyaliklarning 80 foizi mamnun, 19 foizi esa bundan qoniqmaydi. Bu haqda “Levada-markaz” o‘tkazgan so‘rovga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.
Aprel oyida Putinning ishini 82 foiz rossiyaliklar qo‘llab-quvvatlagan, norozilar esa 17 foizni tashkil etgan edi. Shu bilan birga, prezidentni ma’qullash reytingi yil boshidan buyon o‘zgarmagan: martda va yanvarda Putinning faoliyatidan so‘rov ishtirokchilarining 82 foizi, fevralda esa 81 foizi mamnun bo‘lgan.
Dmitriy Medvedevning Rossiya bosh vaziri lavozimidagi ishini aholining 54 foizi ma’qullaydi, 45 foizi — aksincha.
Bundan tashqari, so‘rov ishtirokchilariga ular eng ko‘p ishonadigan siyosatchi va jamoatchilik arboblarini sanab o‘tishni taklif qilishdi. Bunda birinchi o‘rinni Putin (so‘ralganlarning 53 foizi uni aytgan), ikkinchi o‘rinni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu (26%), keyingi pog‘onani esa tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (20%) egalladi.
Izoh (0)