Yangi zelandiyalik Simon Anderson ismli qiz ikki yil davomida Instagram orqali o‘zining ozish jarayonini namoyish qilib bordi — obunachilari ko‘z o‘ngida qiz 100 kilogrammga yaqin vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Anderson loyihani 23 yoshida boshladi, o‘sha vaqtda uning vazni 169 kg bo‘lgan. Qiz o‘z hayot tarzini butunlay o‘zgartirishga qaror qildi, bu nima yeb-ichishidan tortib, o‘zini qanday tutishigacha bo‘lgan narsalarni o‘z ichiga oldi.
Qiz 96 kilogrammga ozgach, uning obunachilari mablag‘ yig‘ib, uning terisidagi kamchiliklarni to‘g‘rilashda yordam bermoqchi bo‘ldi. Qiz terisini torttirish va ko‘kragini operatsiya qilish uchun pul to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni paytda Andersonning hayotini 141 ming obunachi kuzatib boradi. Qiz sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiladi va o‘z “izdoshlari”ga ozish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Izoh (0)