Florensiya (Italiya) sohilbo‘yilaridan biriga qo‘yilgan 20 dan ortiq avtomobil o‘pirilish tufayli yerostiga quladi. Bu haqda ANSA xabar bermoqda.
Natijada 200 ga yetti metr atrofidagi jarlik paydo bo‘ldi. Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalabki 6:30 da, sohilbo‘yida odamlar yo‘q payti ro‘y berdi, shu bois qurbonlar bo‘lmadi. Shahar meri Dario Nardellaga ko‘ra, “o‘pirilish tufayli o‘ta jiddiy zarar ko‘rilgan”.
Yuz bergan hodisa sabablari hozircha ma’lum emas. Taxminlardan biriga ko‘ra, o‘pirilishga shaharning bosh suv arteriyasi — Arno daryosi ta’sir ko‘rsatgan, boshqasiga ko‘ra tuproqqa gidrozarba tufayli shikastlangan yirik suv quvurlaridan biridan suv sizgan. Mutaxassislar jarlik kengaymasligi ustida ishlamoqda.
Izoh (0)