“Tolibon” ekstremistik guruhi Afg‘oniston poytaxti Kobulda xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xudkush terrorchi 25-may, chorshanba kuni ertalab Pagman tumanida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Apellyatsiya sudining xodimlari o‘tirgan avtomobil uning nishoniga aylandi. Hujum natijasida o‘n kishi qurbon bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohatlandi.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, marhumlar orasida sud xodimlari va tinch aholi vakillari bo‘lgan.
Izoh (0)