Afg‘onistonda “Tolibon” radikal harakatining yangi yetakchisi Mulaviy Haybatulla Oxunzoda bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti” Khaama Press agentligiga tayanib.
Jangarilar yetakchisi lavozimiga bir necha kishi da’vogarlik qilgan, ammo ular orasida Saraj Haqqoniy eng radikal hisoblangan.
Guruhning avvalgi boshlig‘i Axtar Mansur 21-may kuni halok bo‘ldi. Amerikaning uchuvchisiz uchar qurilmasi Pokiston hududida jangarining mashinasini o‘qqa tutdi. “Tolibon” vakillari o‘z yetakchilarining o‘limini bir necha kun o‘tgandan keyingina tasdiqladi.
Izoh (0)