Shimoliy Koreyaning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili So Se Pxyon AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning saylovlarda g‘olib chiqqan taqdirda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar olib borish niyatini “bema’nilik” deb atadi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Bu faqat prezidentlik poygasida foydalanish uchun o‘ziga xos targ‘ibot yoki reklama. Bunda hech qanday mantiq, samimiylik yo‘q. Muzokaralar haqidagi fikrning o‘zi bema’nilik”, — deya ta’kidlagan So Se Pxyon.
Shu bilan birga, KXDR vakili uchrashuv haqida qaror qabul qilish vakolati Shimoliy Koreya yetakchisida qolishini bildirdi.
Izoh (0)