AQShning Gavayi shtatidagi Kauai orolida bir motorli samolyot halokatga uchradi, natijada bortdagi besh kishi nobud bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.
Samolyotda, uchuvchidan tashqari, ikki sayyoh va ikki instruktor bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Port-Allen aeroportidan uchib chiqqach, ko‘p o‘tmay qulagan.
To‘rt kishi voqea joyida halok bo‘ldi, beshinchi kishi olgan jarohatlari tufayli kasalxonada olamdan o‘tdi.
Transportdagi xavfsizlik milliy boshqarmasi halokat sabablarini aniqlashtirishga kirishdi.
Izoh (0)