Coca-Cola shakar tanqisligi tufayli Venesuelada ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot kotibi Kerri Tressler ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Oldinroq mazkur muammo tufayli Coca-Cola mamlakatda faoliyatini to‘xtashi mumkinligi bildirilgandi.
“Venesueladagi shakar yetkazib beruvchilar vaqtincha ishini to‘xtatayotgani haqida xabar berdi. Kompaniyamiz muammoni hal etish uchun ular va davlat idoralari bilan muzokaralar olib bormoqda”, — deya ta’kidlagan Tressler.
Coca-Cola xomashyo yetishmovchiligi tufayli Venesuelada ishlab chiqarishni to‘xtatgan yagona yirik kompaniya emas. Oldinroq Kraft Heinz Company va Clorox ham shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgandi.
Izoh (0)