AQSh Oliy sudi 29 yil avval qora tanli Timoti Fosterga o‘lim hukmini chiqargan Jorjiya shtati sudi qarorini maslahatchilar hay’ati tarkibida afroamerikaliklar bo‘lmagani uchun bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sud jarayoni uchun maslahatchilar hay’ati a’zolarini tanlash jarayonida shtat rasmiylari sababini izohlamagan holda barcha to‘rt nafar qora tanli nomzodni rad etgan. Shu sababli Oliy sud bunday tarkibdagi hay’at tomonidan qabul qilingan hukmni bekor etishga qaror qildi”, — deyiladi sud qarorida.
Jorjiya sudi 1987-yili 48 yoshli Fosterni oq tanli ayol o‘ldirilishida aybdor deb topgan va o‘lim jazosiga hukm qilgandi. Endi uning ishi qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)