Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilishini deyarli ta’minlab bo‘lgan Donald Tramp saylov kampaniyasi uchun 100 million dollar ajratilishi va’dasini oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur mablag‘ni AQShning badavlat kishilaridan biri, Las-Vegasdagi Sands qimorxonasi egasi Sheldon Adelson o‘tkazib berishga tayyor. The New York Times manbalariga ko‘ra, Tramp va Adelson shu haftada uchrashgan hamda xayriya ajratilishi yuzasidan kelishib olgan. Respublikachilar partiyasining yirik homiylaridan hisoblanadigan 82 yoshli Adelson partiyaning Kongressdagi fraksiyasini qo‘llab-quvvatlashni qisqartirib, bor e’tiborini Trampning kampaniyasiga qaratishga qaror qilgan.
Bunday yordam milliarderga ortiqchalik qilmaydi, chunki shu paytgacha u saylovoldi kampaniyasini shaxsiy mablag‘i va tarafdorlarining kamtarona xayriyalari hisobilan moliyalashtirib kelayotgandi. Yaqinda Trampning o‘zi prezidentlik lavozimi uchun kurashga kirishishga 1 milliard dollar talab etilishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)