Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlikka yagona da’vogar bo‘lib qolgan Donald Trampning saylovoldi shtabi prezidentlik kampaniyasiga kamida 1 milliard dollar jalb etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda milliarderning o‘zi NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz 1 milliard dollar yoki undan ko‘proq mablag‘ to‘plashga harakat qilamiz. Buning uchun Respublikachilar milliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlashga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidlagan Tramp.
Uning aytishicha, bu mablag‘ demokratlar orasida prezidentlik lavozimi uchun poygada yetakchilik qilayotgan Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozonishda zarur bo‘ladi. Shu bilan birga, Tramp demokratlar nomzodlarining saylov kampaniyasi ehtiyojlari uchun kamida 2 milliard dollar yig‘ishi mumkinligini taxmin qildi.