Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon 14-may, shanba kuni “Bayram kunlari haqida”gi qonunga tuzatishlarni imzoladi. Oldinroq parlamentning ikki palatasi tomonidan tasdiqlangan mazkur tuzatishlarga ko‘ra, mamlakatda 16- noyabr Prezident kuni deb e’lon qilinadi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Davlat rahbari matbuot xizmatining bildirishicha, “ushbu qonun jahon tajribasi va Tojikiston respublikasi prezidenti, millat yetakchisining tojiklar yangi davlatchiligi shakllanishi, tinchlik, barqarorlik va milliy birlikni ta’minlash, xalqaro sahnada mamlakat nufuzini ko‘tarishdagi bebaho hissasini e’tiborga olgan holda qabul qilingan”.
Endi Tojikistonda 80 bayram kuni bo‘lib, ulardan 10 kuni dam olish hisoblanadi. Prezident kuni esa ish kuni sanaladi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda xalqaro bayramlardan tashqari, o‘zlarigagina xos bo‘lgan ayyomlar, jumladan, Bog‘ bayrami (martning ikkinchi yakshanbasi), Rudakiy kuni (22 sentabr), mavlono Jaloliddin Balxiy kuni (30 sentabr) ham nishonlanadi.
Izoh (0)