Bangladeshda tropik dovul keltirib chiqargan chaqmoqlar oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 64 kishiga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Oldinroq ofat 35 kishining umriga zomin bo‘lgani bildirilgandi.
O‘lim bilan yakunlangan holatlarning aksariyati mamlakatning qishloq tumanlarida ro‘y berdi. Qurbonlarning ko‘pchiligi dala ishlari bilan mashg‘ul fermerlar edi.
Izoh (0)