Yangi Gvineya orolining g‘arbiy, Indoneziyaga qarashli qismida 5,6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari markazi poytaxt Jakartadan 564 kilometr g‘arbda, 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)