AQShning Jorjiya shtati Atlanta shahri yaqinida yengil motorli samolyot aviashou o‘tkazish vaqtida qulab tushdi, deya xabar bermoqda “RBK” hukumat bayonotiga tayanib.
Samolyot ichida bo‘lgan uchuvchi halok bo‘ldi. Aviashou tomoshabinlari orasida samolyot qulashi natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Yengil motorli havo kemasi boshqa samolyotlar bilan birgalikda tryuklar bajarayotgan edi. U doira yasab uchish uchun pastlagan, biroq shu paytda ikki qismga bo‘linib ketgan, ulardan biri esa yonib ketgan.
Izoh (0)