Qutqaruvchilar Rossiyaning Leningrad viloyati, Suxodolskoye ko‘liga qulagan vertolyotni suvdan chiqarib oldi. Hodisa joyida Tergov qo‘mitasi xodimlari ish boshladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Vertolyot chiqarib olingan, qirg‘oqda turibdi. Uni Tergov qo‘mitasi xodimlari ko‘zdan kechirmoqda. Salonda ikki kishining jasadi topildi”, — deya ma’lum qilgan FVV viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Anton Kling.
Havo kemasi egasi bo‘lgan “Xeliport-Moskva” kompaniyasining bildirishicha, vertolyot mutlaqo yangi va barcha yaroqlilik sertifikatlariga ega bo‘lgan, tajribali uchuvchi tomonidan boshqarilgan.
Izoh (0)