Rossiyaning Dog‘iston respublikasi, Derbent shahrida jangarilar bilan otishmada shahar jinoiy qidiruv bo‘limi boshlig‘i va maxsus bo‘linma jangchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Interfaks” manbalariga ko‘ra, yana 12 nafar politsiya xodimi kasalxonaga yotqizilgan. Derbent politsiyasining hududiy xodimlar xizmati boshlig‘i jarohatlari og‘irligi, shahar IIB boshlig‘ining holati esa barqaror ekanligi bildirilmoqda.
14-may, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 11:30 atrofida Derbent ko‘chalaridan birida jinoyatchilar politsiya xodimlariga granata uloqtirgan va o‘t ochgan, buning oqibatida uch politsiyachi yaralangan. Shundan so‘ng jangarilar ishg‘ol etgan kvartira qamali boshlangandi.
Izoh (0)