Rossiya poytaxtidagi Xovanskiy qabristonida 400 ga yaqin kishi ishtirok etgan ommaviy mushtlashuvda bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mushtalashuv chog‘ida o‘qotar quroldan foydalanilgan, shu sababli halok bo‘lganlar va og‘ir jarohatlanganlar bor, ularni tibbiy yordam mashinasi olib ketmoqda”, — deya ma’lum qilgan poytaxt huquq-tartibot idoralaridagi manba.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro qabristondagi xizmat ko‘rsatiladigan hududlarni bo‘lishib olish borasidagi kelishmovchiliklar asosida kelib chiqqan.
Tartibsizliklarni bartaraf etishga maxsus bo‘linmalar jalb etilgani va ayni paytda ularga chek qo‘yilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)