Braziliya federal oliy sudi sudyasi Teori Zavaski mamlakat prezidenti Dilma Russeffga nisbatan impichment jarayonini to‘xtatish da’vosi bilan murojaat qilgan bosh davlat himoyachisi Joze Eduardu Kardozu appelyatsiyasini rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu Braziliya parlamenti yuqori palatasi — senatning davlat rahbarini lavozimidan chetlatishga bag‘ishlangan yig‘ilishi davom ettirilishini anglatadi. Kuzatuvchilar fikricha, sud qarori ovoz berish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi: hozirga qadar prezident iste’fosiga munosabatda ikkilanib turgan ayrim senatorlar endi Russeffni chetlatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Izoh (0)