Tunis janubi, Tatuin viloyatida 11-may, chorshanba kuni o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida kuch tizimi xodimlaridan to‘rt nafari halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot xodimlari viloyat aholi punktlaridan biridagi kimsasiz uylarda joylashib olgan bir necha ekstremistlar bilan otishmaga kirishgan. Ulardan biri otib o‘ldirilgan, shundan so‘ng boshqa jangari portlovchi qurilma joylashtirilgan kamarni harakatga keltirgan. Buning oqibatida Tunis milliy gvardiyasining ikki zobiti va ikki askari halok bo‘ldi.
Izoh (0)