Koreya Respublikasi, AQSh va Yaponiya delegatsiyalari rahbarlari olti tomonlama muzokaralarda KXDRning o‘z yadro va raketa dasturlaridan voz kechishiga erishish uchun harakat qilishga kelishib oldi, deb yozadi “TASS” Janubiy Koreya TIV vakiliga tayanib.
Bunday kelishuvga tomonlar Janubiy Koreya hukumatining Koreya yarim orolidagi tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xon Gyunning Yaponiya TIV Osiyo-Tinch okeani departamenti direktori Kimixiro Isikane va AQSh hukumatining KXDR bo‘yicha maxsus vakili Son Kim bilan telefon suhbati chog‘ida erishgan.
Tomonlar Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreya Mehnat partiyasining VII qurultoyida qabul qilingan yadro va raketa ishlanmalarini davom ettirish qaroriga nisbatan fikr almashgan va Shimolning BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga rioya qilishiga erishishga kelishib olgan.
Izoh (0)