Xitoy armiyasi qiruvchi samolyoti 11-may, chorshanba kuni kechki payt mamlakat sharqidagi Chjetszyan provinsiyasi, Taychjou shahridagi fabrika binosiga qulab tushdi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan va omon qolgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fabrika binosida alanga ichida qolgan. Halokat joyiga qutqaruvchilar va politsiyachilar yetib kelgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari va qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)