Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-may, chorshanba kuni Braziliyaning yaqin yillardagi taqdirini belgilab beradigan kunga aylanishi mumkin: mamlakat senatida davlat rahbari Dilma Russeffning iste’fosi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Foto: AFP

Foto: AFP

Yig‘ilish mahalliy vaqt bilan 09:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) da boshlanadi, biroq masalaning ko‘rib chiqilishi kamida 10 soatdan oshiq vaqtni olishi kutilmoqda. Russeffning 180 kunga vaqtincha lavozimdan chetlatish uchun senatorlarning yarmidan ziyodi — kamida 41 kishining ovozi talab etiladi.

Shunday bo‘lgan taqdirda davlat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish vitse-prezident Mishel Temerga o‘tadi, senat esa mazkur masalani Oliy sud rahbari raisligida yana bir bor ko‘rib chiqadi. Russeffning taqdiri shunda uzil-kesil hal bo‘ladi: senatorlarning uchdan ikki qismi (54 kishi) impichment uchun ovoz bersa, davlat rahbari lavozimidan ketadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova